O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 9-apreldagi 124-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha keng qamrovli uchrashuv tashkil etildi.



Mazkur tadbir Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilib, unda viloyatning barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari, xodimlar bo‘limi boshliqlari hamda bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda institut rektori M.Madazimov, Andijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasixodimlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Atabayev, shuningdek tuman va shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari hamda xodimlar bo‘limi boshliqlari qatnashdi.


Uchrashuv davomida tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha aniq va shaffof taqsimot jarayoni o‘tkazildi. Bitiruvchilarning kelgusidagi ish joylari yuzasidan tegishli aniqliklar kiritildi, ularning kasbiy faoliyatini boshlashi uchun zarur tavsiyalar berildi.


Tadbirda institutning 1065 nafar andijonlik bitiruvchilari onlayn va oflayn shaklda ishtirok etdi.
Ushbu taqsimot bitiruvchilarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash, malakali kadrlarni hududiy tibbiyot muassasalariga yo‘naltirish va sog‘liqni saqlash tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

