Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONLIK BITIRUVCHI ISHSIZ QOLMAYDI!

20:31 05.08.2022

Andijon shahridagi Yoshlar markazida Andijon davlat tibbiyot instituti bakalavriyat  ta’lim yo`nalishlari bitiruvchilarini  ish bilan ta’minlash masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Yig`ilishni Andijon viloyati hokimining ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Nasibillo Mo`minov ochib, viloyat sog`liqni saqlash muassasalaridagi bo`sh ishchi o`rinlari, institutni bu yil andijonlik jami 566 hafar bitiruvchi tamomlaganligi, ularni birlamchi tibbiyot muassasalariga ishga joylash masalalari xususida gapirib o`tdi.

Yoshlar markaziga tashrif buyurgan institut rektori M.Madazimov, O`quv ishlari bo`yicha prorektor B.Abdullajonov,  viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Q.Yorqulov, institutdan va TTBlaridan biriktirilgan mas`ullar har bir andijonlik bitiruvchi bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ishga joylashtirish bo`yicha muhim  topshiriq va vazifalarni belgilab oldilar.

Yig`ilish yakunida mas`ul vakillar yoshlar bandligini ta`minlash, ularni munosib ish o`rinlariga joylash, yoshlarni malakali ustozlarga biriktirish orqali xalqimiz salomatligini mustahkamlash, qolaversa,  xalqimizni tibbiyotdan rozi qilishdek  olijanob   maqsadlar ko`zlanlanganligi  har bitiruvchiga  uqtirdilar. Bitiruvchi yoshlar bunday g`amxo`rlikdan mamnun bo`lib, biriktirilgan mas`ullar  bilan o`z hududlariga (o`zi tug`ilib o`sgan shahar va tumanlariga) yo`l  oldilar.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!