Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AUDITORIYADAGI SHART-SHAROITLAR OʻRGANILDI

18:19 05.04.2022

Taʼlim muassasalarida korrupsiya,  yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida turli profilaktik tadbirlar oʻtkazish yaxshi samara beradi. Mana shunday tadbirlardan biri Andijon davlat tibbiyot instituti Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan olib borildi. Unda talabalar va professor-oʻqituvchilarning davomati, dars jarayonlaridagi faolliklari oʻrganildi. Ayniqsa, dars xonalaridagi shart-sharoitlarga alohida eʼtibor qaratilib, talabalar va oʻqituvchilarning taklif-mulohazalari tinglandi.

Tadbir davomida yoshlarga salbiy illatlar vaqtni behuda oʻtkazishdan kurtak yozishi, kelajakda yetuk mutaxassis boʻlishlari uchun bugungi taʼlim jarayonlariga befarq boʻlmasliklari taʼkidlandi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!