Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AZIM SAMARQANDDAN HUSHXABAR

15:25 16.02.2021

Talaba bo’lish yaxshi, eng faol talaba bo’lish undanam yaxshi, shunday emasmi?! Ma’lumki, Samarqand viloyatida O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Yil talabasi – 2020” respublika tanlovi o’tkazilayotgan edi.
Hozirgina Samarqand shahridan bizga hushxabar keldi. Institutimizning 2 nafar talabasi faxrli birinchi o’ringa loyiq topildi. Pediatriya fakultetining 4-bosaqich talabasi Abdurauf Abdurashidov “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, Davolash fakultetining 4-bosqich talabasi Ma’rufjon Po’latov esa “Yilning o’z mutaxassisligi bo’yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyalari bilan 1-darajali diplom bilan taqdirlandilar.  Iqtidor rag’batsiz qolmaydi, bundan-da ulkan zafarlar sizga yor bo’lsin, balli, yigitlar!

Skip to content Click to listen highlighted text!