Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BAYRAM BAYRAMDEK OʻTMOQDA

21:02 12.11.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani X.Tursunov hamda uning oʻrinbosarlari 13-noyabr Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan viloyatimizda bir necha yillar davomida bemorlar dardiga shifo boʻlib kelayotgan kasb fidoyilarini munosib muborakbod etdilar.

Ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori D.Hakimov. Republika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy markazi direktori G.Hakimova, viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi direktori A.Mamajonov hamda Andijon shahar bolalar shifoxonasi bosh vrachi B.Begmatovga Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovning tabrigini ulashdilar va bayram sovgʻalarini taqdim etdilar.

Mazkur har bir klinik bazalarda institutning bir qator professor-oʻqituvchilari ham faoliyat olib bormoqdalar. Ularga yetarli imkoniyatlarni yaratib berayotgan jamoalarni ham bayram munosabati bilan qutladilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!