Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ TALABA-YOSHLAR!

14:40 17.11.2022

Aziz talaba-yoshlar, sevimli farzandlarim! Sizning kulib turgan yuzlaringiz, shijoat bilan porlab turgan koʻzlaringiz, yetuk salohiyatingiz meni behad quvontiradi. Bugungi kunda har bir yoʻnalishda, u xoh tibbiyot sohasi boʻlsin, xoh madaniy-maʼrifiy, siyosiy sohada boʻlmasin erishayotgan yutuqlaringiz xatto biz kattalarga ham oʻrnak boʻlmoqda.

Boʻsh vaqtingizni behuda oʻtkazmay, turli toʻgarak va mashgʻulotlarda faolsiz, shu bois Davlat mukofotlariga, nomdor stipendiyalarga erishyapsiz. Xalqaro va respublika tanlovldarida gʻolib boʻlyapsiz! Bundan quvonmay boʻladimi axir! Sizning mana shunday izlanishingiz va harakatingizni rektor sifatida qoʻllab-quvvatlashga, ragʻbatlantirishga doimo tayyorman!

17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan barchangizni chin koʻngildan tabriklayman. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilayman! Muvaffaqiyatlaringiz bundan-da yuksalaversin!

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov

Skip to content Click to listen highlighted text!