Xabaringiz bor, Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan navbatdagi tibbiy koʻrik Andijon shahridagi 2-OP qarashli “Birlashgan” MFY xududida oʻtkazildi. Mazkur tadbirda institutning 15 turdagi mutaxassisliklardan iborat 16 nafar xodimlari ishtirok etib, 315 nafar aholi salomatligi tekshirildi. Koʻruvlar davomida 2 nafar bemor uy sharoitida tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, 82 ta bemor ambulator sharoitda davolanishga, 1 nafar bemor viloyat davolash muassalariga yoʻllanma orqali yuborildi. 32 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. Tibbiy tekshiruvlarda 130 ta UTT, 126 ta EKG va 115 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazildi.