Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BIZ BIR OILA FARZANDLARIMIZ!

22:01 21.12.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkillashtirilgan “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturi doirasida tahsil olayotgan 2–3-bosqich talabalari o‘rtasida millatlararo hamdo‘stlikni rivojlantirish maqsadida bellashuv o‘tkazildi.

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov, rektor maslahatchisi X.Zokirov, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i hamda fakultet dekanlari ishtirok etdilar.

Tanlovda talabalar 3 ta tanishtiruv, sahna ko‘rinishi hamda erkin mavzu shartlarida bellashdilar. Mazkur shartlarda barcha jamoalar o‘zlarining ilmiy va ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar. Shuningdek, Xalqaro fakultet talabalari ham o‘zlarining milliy qo‘shiq va raqslari bilan tanlovga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.

Yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarga ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning go‘zal tarixiy shaharlari bo‘lmish Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohat uchun yo‘llanmalar topshirildi. Umid qilamizki, bundan keyin ham turli millat talabalarini bir oila qilib jamlagan institutimiz yorqin chiqishlar bilan hamkorlikni yana-da yuqori cho‘qqilariga erishadi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!