alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BOKS SPORT TURI BO‘YICHA OLIMPIADA VA JAHON CHEMPIONLARI VA TALABALAR UCHRASHUVI TASHKIL QILINDI

14:51 17.05.2023

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga qiziqishini oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida Olimpiada va Jahon chempionlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Andijon Olimpia va par olimpia sport turlariga tayyorlash markazi direktori Dilshodbek Raximov, Xalqaro toifadagi sport ustasi, 2017-yil Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Iqboljon Xoldarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Muhammadqodir Abdullayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport murabbiysi, xalqaro toifadagi sport ustasi Mars Qo‘chqarov, Rio-2016 yozgi olimpiyadasi chempioni, O‘zbekiston, Osiyo hamda Jahon chempioni Xasanboy Do‘smatov,  Harbiylar o‘rtasida jahon chempioni Mujubullo Tursunov ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, sportchilar va ularning ustozlarini yaqindagina bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatidagi g‘alaba bilan tabrikladi. Hamisha mana shunday yurtimiz bayrog‘ini baland tutishlariga tilak bildirdi.

Shundan so‘ng, so‘z olgan sportchilar hozirda erishayotgan yutuqlari va unga qadar bo‘lgan mehnat, ustozlarning bergan bilimlari, qo‘llab-quvvatlashlari haqida gapirib, talaba-yoshlarning ham o‘zlari tanlagan soha bo‘yicha eng yuqori marralarni zabt etib, professorlik darajasiga erishishlarini tiladi.

Sport murabbiylari esa, sport hamda tibbiyot hamisha yonma yon ekanligi ikki soha vakillarining ham bosh maqsadi insonlar salomatligi bilan bog‘liq ekanligi haqida aytib o‘tdilar. Qolaversa, sportchilarga mashq jarayonlari qanchalik qiyin bo‘lsa, musobaqada shunchalik oson bo‘lgani kabi, bo‘lajak shifokorlar ham o‘z sohalarining sirlarini ustozlardan mukammal tarzda o‘zlashtirsalar, bemorlarni davolash shunchalik yengil bo‘lishi haqida o‘z ustozlik maslahatlarini berdilar.

 

Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlardan batafsil javoblarni oldilar.

Yakunda institut rahbariyati tomonidan chempionlar va ularning ustozlariga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!