Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya kafedrasi ayol professor-o‘qituvchilari – kafedra mudiri, dotsent M.E.Abdullaeva, katta o‘qituvchi Z.M.Baxavaddinova, assistentlar M.D.Saxibova, R.M.Abdulhaqova, U.X.Rahmanova, G.Z.Qosimovalar tasdiqlangan reja asosida institut Talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar.
Ular Talabalar turar joyida yashovchi har bir talaba qizning xonasiga kirib qizlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Talaba qizlarning dunyoviy va diniy qarashlari, ruhiy holati, qiziqish va intilishlarini o‘rganish maqsadida dildan suhbatlashdilar. Gender tenglik haqida ma’lumotlar berildi.
Talaba qizlar o‘rtasida 5 ta tashabbus doirasida kompyuter, musiqa, sport, pazandachilik, kitobxonlik yo‘nalishlarida musobaqalar o‘tkazildi.
Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya kafedrasi o‘qituvchilari va talabalarning samimiy muloqoti kuy-qo‘shiqlar, raqslar bilan fayzli o‘tdi.
ADTI axborot xizmati