Andijon davlat tibbiyot institutida “Bolalar stomatologiyasi” kafedrasi tomonidan “Bolalar yoshida karies va paradont kasalliklari innovatsion profilaktika usullari” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokidagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Unda 120 dan ziyod professor-oʻqituvchilar, shifokorlar, yosh izlanuvchilar, magistrlar hamda klinik ordinatorlar ishtirok etdi.
Konferensiyada Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekistonnig yetakchi tibbiyot oliygohlarining yirik olimlari oʻz ilmiy va amaliy izlanishlari bilan onlayn tarzda qatnashdi.
Dastavval institut rektori M.Madazimov hozirda bolalar stomatologiyasi va stomatologiya yoʻnalishidagi muammolar va shu kungacha erishilgan yutuqlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
Konferensiya davomida Moskva davlat stomatologiya tibbiyot universiteti, bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri t.f.n., proffessor L.Kiselnikova va Boshqirdiston davlat tibbiyot instituti stomatologiyasi kafedrasi mudiri t.f.n., professor S.Chuykin ham mavzu borasida bugungi tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Konferensiyaning plenar yigʻilishida 12 ta maʼruzalar tinglandi. Anjuman ishtirokchilari stomatologik kasalliklarning oldini olishda olib borayotgan ilmiy izlanishlarini taqdimotlar bilan namoyish etdilar.