alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BO‘STON TUMANIDA TIBBIY KO‘RIKLAR O‘TKAZILMOQDA

16:47 21.06.2023

Xabaringiz bor, ayni kunlarda  Andijon viloyatining barcha hududlarida Salomatlik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Aksiya doirasida tuman, shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, Oilaviy shifokorlik punktlari, Oilaviy poliklinikalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lgan aholiga malakali tibbiy xizmat tashkil etilmoqda.

Mazkur aksiyada Andijon davlat tibbiyot institutining 36 nafar malakali professor-o‘qituvchilari ham turli hududlarga bo‘lingan holda  faol ishtirok etmoqda.

Bugun, 21-iyun kuni institut Davolash (amaliyot) ishlari bo‘yicha mas’ul B.Mirzakarimov, Bolalar jarrohligi kafedrasi dotsenti K.Kadirov tomonidan Bo‘ston tumanida o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘riklar jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Tumandagi “Yakka-tol” oilaviy shifokorlik punktida respublika, viloyat va institutning tajribali tibbiyot institutining mas’ul kafedra mudirlaridan tarkib  topgan ishchi guruh tomonidan UTT, EKG, Rentgen  tibbiyot uskunalari yordamida   aholi vakillari chuqurlashtirilgan  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Institut mas’ullari tibbiy ko‘rik jarayonlarida dori-darmonlarni aholiga tegishli retsept asosida berilayotganligi, aholiga yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar. Aholi vakillari bilan suhbat chog‘ida ular mazkur tibbiy ko‘riklardan mamnun ekanliklarini bildirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!