Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BUGUN 131 NAFAR TALABA TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHTIRILDI

21:02 08.09.2021

BUGUN 131 NAFAR TALABA TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLASHTIRILDI

Andijon davlat tibbiyot institutida talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirish ishlari jadal surʼatlar bilan davom etmoqda. Talabalar bilan rektorning tegishli buyrugʻiga asosan talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha mezonlar va komissiya aʼzolari tomonidan individual suhbat oʻtkazilmoqda, mezonlarga muvofiq joylashtirish uchun tavsiya etilmoqda.

Bugun talabalar turar joyiga 131 nafar talaba joylashtirildi. Ularning 12 nafari nogiron, 24 nafari yetim va boquvchisini yoʻqotgan,  17 nafari uzoq viloyatdan kelib oʻqiydigan (vodiydan tashqari) talabalar, 45 nafari “Temir daftari”ga kiritilgan, 8 nafari ehtiyojmand oila farzandlari hisoblanadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!