![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/03/photo_2022-03-31_10-25-31.jpg)
Andijon davlat tibbiyot institutining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan bu gal Andijon tumani “Sanoat” MFYda joylashgan Kuyganyor OShPda chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻrik oʻtkazildi. Mazkur tadbirda institutning 14 turdagi mutaxassisliklardan iborat 18 nafar xodimlar ishtirok etib, 3-4-guruhlarga kiritilgan 730 nafar aholi salomatligi tekshirildi.
Koʻruvlar davomida 292 ta bemorga ambulator sharoitda davolanishga, 17 nafar bemorga tuman markaziy shifoxonasiga, 2 nafar bemorga viloyat davolash muassalariga yoʻllanmalar, 78 nafar bemorlarga esa bepul dori-darmonlar berildi. Qolgan bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar koʻrsatildi. Tibbiy tekshiruvlarda 205 ta UTT, 182 ta EKG va 231 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazilib, natijalari boʻyicha mutaxassislar maslahati berildi.