Mazkur o‘quv soatida Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari ham ishtirok etdi.
Unda Spikerlar tomonidan “Zahiriddin Muhammad Boburning davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi islohotlari”, “Mahallalarda ish o‘rinlari yaratish va oilalar daromadini ko‘paytirishning yangi tizimi”, “Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)” mavzularida hamda O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma’lumot berildi.
O‘quv soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali berildi.