Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DELEGATSIYA A’ZOLARI FARMATSEVTIK FANLAR KAFEDRASI BILAN TANISHDILAR

21:25 07.09.2022

Germaniyalik hamkorlarimiz Andijon davlat tibbiyot institutining faoliyati bilan tanishishda davom etishmoqda.  Rostock universiteti rektori Volfgan Sharek va tibbiyot fakulteti dekani Emil Rayzinger hamda GIZ tashkilotining yetakchilari farmatsiya fakulteti talabalarining o‘quv jarayonlari bilan tanishish uchun Farmatsevtik fanlar kafedrasida bo’ldilar.

Mehmonlar u yerdagi laboratoriya va o’quv xonalari bilan tanishib, talabalar bilan muloqot qildilar. Shundan so’ng Andijon dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiy texnika, ekspertiza va standartlash sho’ba korxonasida joylashgan o’quv va laboratoriya xonalaridagi o’quv jarayonlarda ishtirok etdilar. Institutimiz rektori M.Madazimov ularga talabalarga yaratilgan sharoitlar to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!