Institutning ilmiy kengashlar zalida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor Bahromjon Abdullajonov ochib berdi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limining boshlig‘i Hikmatillo Toshtemirov yoshlar, ayniqsa oliy o‘quv yurti talabalari uchun bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so‘zladi.
Internet tarmoqlaridan unumli foydalanish va turli diniy oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik uchun faqat o‘qib-izlanish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Talabalar ham o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.