Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 19-sentabrdagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi-2020” Respublika tanlovi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi 488-sonli buyrug‘iga ijrosi yuzasidan Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 419-T sonli buyrug‘i ishlab chiqilib, unga asosan joriy yil 5-25 oktabr kunlari tanlovning institut bosqichi fakultetlar kesimida o‘tkazish belgilangan.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- a) “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, bunda talabaning fanlarni o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;
- b) “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;
- v) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;
- g) “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda talabaning sport sohasidagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;
- d) “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning o‘zi tanlagan mutaxassisligi yo‘nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;
- ye) “Yilning eng faol bloger talabasi”, bunda talabaning ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi yaratgan ishlanmalari va faollik darajasi hamda ushbu sohalarda erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;
- j) “Yilnnig eng namunali tadbirkor talabasi” (xotin-kizlar uchun), bunda talaba-qizlarning mustaqil ravishda tadbirkorlik asosida erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi.
Tanlov nizomi ilova qilinadi. Tanlov g‘oliblari institutning fahriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet dekanlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Tanlov Nizomi ilova qilinadi:
[pdf-embedder url=»https://adti.uz/wp-content/uploads/2020/10/488-буйрук-низоми.pdf» title=»488 буйрук низоми»]