O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida “Talaba-yoshlarni giyohvandlik va narkojinoyatlarni salbiy oqibatlari to‘g‘risida ogohliklarini oshirish” bo‘yicha profilaktik davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarlik va profilaktika boshqarmasi boshlig‘i Z.Ataxanov, Andijon viloyati hokimligi katta mutaxassisi A.Appaqov, Andijon viloyati narkologiya markazi davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Xidirov, Andijon IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi Q.Abdurahimov, Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti dekani o‘rinbosari M.O‘lmaso ishtirok etdilar.


Uchrashuv davomida mutaxassislar PF–207-sonli Farmonning mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar haqida atroflicha tushuntirish berishdi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Giyohvandlikka qarshi kurashish millat genofondini va yoshlar salomatligini himoya qilishning eng muhim yo’nalishi bo’lib, bu borada ustuvor vazifalar qo’yilganligi, ularga profilaktika, qat’iy qonuniy choralar, ijtimoiy-psixologik yordam, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, xalqaro hamkorlik va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, bularning barchasi yosh avlodning kelajakdagi salomatligi va millat barqarorligini ta’minlashi haqida ma’lumotlar berildi.


