Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DURDIYORDA CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KOʻRIK O’TKAZILDI

16:55 06.08.2022

Inson salomatligi barcha narsadan muhim. Paxtaobod tumanidagi Durdiyor mahallasi ogʻir xududlardan biri boʻlib, mazkur mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi. Mazkur mahalladagi 650 ta xonadonda 3 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Dastavval viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mahalla fuqarolari bilan samimiy muloqot oʻtkazdi. Suhbat davomida kommunal xizmatlariga oid muammolar joyida hal etildi. Andijon davlat tibbiyot institutining 20 nafardan ortiq mutaxassislari tomonidan bepul salomatlik aksiyasi tashkil etildi. Unda institut rektori M.Madazimov ham ishtirok etib, sharoiti ogʻir bemor va nogironlar bilan suhbatlashdi. Ularga ham munosib koʻmak koʻrsatildi.

Shuningdek, tibbiy koʻrik davomida institutning “Yosh volontyorlar” jamoasi ham aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantiruvchi tadbirlari bilan ishtirok etdilar. Tibbiy koʻrikka kelolmagan fuqarolarning uylariga borib, oʻzlarining koʻrsatmalarini berdilar. Sogʻlom ovqatlanish, gigiyena qoidalariga amal qilish, havo harorati koʻtarilgan paytda bemorlarga uy sharoitida birinchi yordam koʻrsatish borasidagi bilimlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!