Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori hamda “2021-yilda tayanch doktorantura va doktoranturada davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga qabul rejasining O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar taqsimoti”ga muvofiq tayanch doktoranturaga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
№ | Muassasa nomi | Ixtisoslik shifri | Ixtisoslik nomi | Doktorantura turi | Ajratilgan kvota |
1 | Andijon davlat tibbiyot instituti | 14.00.01 | Akusherlik va ginekologiya | Tayanch doktorantura | 1 |
14.00.02 | Morfologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.04 | Otorinolaringolo-giya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.08 | Oftalmologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.09 | Pediatriya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.13 | Nevrologiya | Tayanch doktorantura | 2 | ||
14.00.19 | Klinik radiologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.21 | Stomatologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.27 | Xirurgiya | Tayanch doktorantura | 1 |
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar 2020-yil 15-oktyabrga qadar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- Rektor nomiga ariza;
- biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- pasport kopiyasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari
ADTI ilmiy bo’limi