![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/02/photo_2022-02-23_09-07-48.jpg)
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Farg’ona viloyati hokimligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari (direktorning birinchi oʻrinbosarlari) ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, uning targʻibot-tashviqotiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o’tkazilmoqda.
Dastlab, mehmonlar universitetning yangi ta’mirdan chiqarilgan Pedagogika va psixologiya fakulteti binosining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar.
Unda Andijon davlat tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov ham munosib ishtirok etmoqda.
Edu.uz rasmiy kanali ma’lumoti va suratlaridan foydalanildi