Stomatologiya fakulteti tyutorlari tomonidan talabalar o‘rtasida “Hayoting o‘z qo‘lingda” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, rektor maslahatchisi H.Zokirov hamda Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litsey va texnikumlarga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori H.Sapiohunova ishtirok etib, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchrayotgan salbiy illatlarga qarshi kurashish, giyohvandlik savdosi va uni iste’mol qilish inson salomatligi hamda hayotiga jiddiy xavf solishi muqarrar ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdilar.
Shuningdek, talabalar tomonidan ham mavzuga oid taqdimotlar, videoroliklar namoyish etildi va she’rlar o‘qildi. Bu borada ular ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.