Maʼruza avvalida kafedra mudiri Sh.Yusupova “Prediabed va qandli diabed kasalligi” mavzusida ishtirok etgan talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlarga maʼlumot berib oʻtdi. Ukraina ilmiy-amaliy endokrin xirrurgiya, endokrin aʼzolari va toʻqimalar transplantatsiyasi markazi patologiya boʻlimi katta ilmiy xodimi Konstantin Aleksandrovich Zuyev “Qandli diabedni rivojlantirish profilaktikasi – tibbiyotda yoʻnalish ustuvorligi” mavzusida maʼruza olib bordi. Maʼruza davomida qandli diabed kasalligining kelib chiqish sabablari, erta tashxislash, bemorlarni davolash profilaktikasi, davo choralari haqida soʻz bordi.
Maʼruza davomida talabalar oʻzlari qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan batafsil javob oldilar.