Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HASHAR – ELGA YARASHAR

16:22 30.04.2022

Qadimiy urf-odatlar, azaliy qadriyatlardan biri – “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida oʻtkazilayotgan umumxalq hasharida Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Aʼlo kayfiyat bilan olib borilgan hasharda professor-oʻqituvchilar, xodimlar, talaba-yoshlar Talabalar turar joyi va barcha o’quv binolarini koʻrkam maskanga aylantirishga bel bogʻladilar. Daraxtlar tagi yumshatilib, shakl berildi, oqlandi, ariqlar tozalandi, gullar va manzarali daraxtlar ekildi, begona oʻtlar tozalandi.

Bu kabi hayrli ishlar kishida yaxshi fazilatlarni yuksaltirib, Vatanga, tabiatga boʻlgan mehr-muhabbatni shakllantirishga xizmat qiladi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!