Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

I.K.QOSIMXODJAYEVNING XOTIRASIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI

12:50 21.01.2022

Xalqaro integrativ antropologiya akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor I.K.Qosimxodjayevning xotirasiga bag‘ishlangan “Morfologlar”ning kafedralararo ilmiy amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda anatomiya va klinik anatomiya, normal fiziologiya, kimyo, tibbiy biologiya va gistologiya, patologik fiziologiya, farmakologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda professor I.K.Qosimxodjayevning oila a’zolari ishtirok etdi.

Konferensiyada pediatriya fakulteti dekani, professor A.Gofurov anatomiya va klinik anatomiya kafedrasida olib borilayotgan ilmiy faoliyat haqida ijobiy fikrlar  bildirdi. Shuningdek,  kafedra mudiri, dotsent Z.Qahharov ustozning bosib o‘tgan sermazmun hayoti va ilmiy faoliyati, uning yaratgan “Morfologlar” ilmiy maktabi haqida keng to‘xtalib o‘tdi. Ustozning eng yoshi ulug‘ shogirdlaridan dotsent K.Chartakov ustozning ilm yo‘lida qilgan mashaqqatli, halol mehnatlari haqida gapirib o‘tdi.

Konferensiyada  anatomiya va klinik anatomiya, normal fiziologiya, kimyo, tibbiy biologiya va gistologiya, patologik fiziologiya, farmakologiya kafedrasining mustaqil tadqiqotchilari ilmiy ishlari ma’ruzalari bilan faol qatnashdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!