Har bir talaba eʼtiborda. Ayniqsa, ijarada yashovchi talabalardan doimo xabar olib turish tyutorlarning kun tartibidagi qoidaga aylanib qolgan.
Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Davolash fakultetining yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.Oʻlmasov hamda tyutor M.Mamatqulova Shimoliy va Qoʻshariq dahasida, “Dur Med” talabalar turar joyida yashovchi talabalarning ijara xonadonlarida boʻldilar.
Shuningdek, Pediatriya fakultetining dekan oʻrinbosarlari, tyutorlari tomonidan fakultetda taxsil olayotgan, Yusuf Otabekaov koʻchasida va “Gumbaz” MFYda yashovchi talabalarning holidan xabar oldilar. Stomatologiya fakultetining dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlari esa “Dur Med” talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan suhbatlashdilar.
Uchrashuvlar chogʻida mutasaddilar yoshlarning yashash sharoitlari bilan tanishib, taklif va kamchiliklari bilan oʻrtoqlashdilar. Suhbat chogʻida talabalarga texnika xavfsizligi qoidalariga, ozodalikka rioya qilishlari, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari alohida taʼkidlab oʻtildi. Xonadon egalari bilan ham suhbat olib borilib, talabalarning dars tayyorlashlari uchun sharoitlar yaratib berish, ularni nazorat qilib borishlari, bu borada tyutorlar bilan hamkorlikda ish olib borishda amaliy yordam berishlari tushuntirildi.