Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Institut rektori M.Madazimov rahbarligida o’tgan mazkur yig’ilishda prorektorlar, fakultetlar dekanlari, ilmiy kengash a’zolari ishtirok etdilar.
Yig’ilishda dastlab, o’z sohalari bo’yicha ilmiy izlanishlarni muvoffaqiyatli himoya qilgan fan nomzodlari, milliy hamda xalqaro ko’rik-tanlovlar g’olibi bo’lgan talabalar taqdirlandi. Shuningdek, ulug’ yoshni qarshilagan ustozlarning ham tavallud ayyomlari bilan tabrilklandi.
Shundan so’ng, institut rektori M.Madazimov tomonidan 2022–2023-yillardagi institutning faoliyati to’g’risidagi hisoboti o’qib eshittirildi. Unda erishilgan yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, yangi yilga rejalar tuzish yuzasidan muhim topshiriqlar berildi.