Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ILMIY KENGASHNING NAVBATDAGI YIGʻILISHI ILMIY ISHLAR SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHGA BAGʻISHLANDI

19:54 07.05.2022

Bugun Andijon davlat tibbiyot institutining navbatdagi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari, kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Dastavval oʻzining bilim va salohiyati bilan yuqori natijalarga erishgan talabalar, professor-oʻqituvchilar va xodimlar munosib taqdirlandi. Shuningdek, ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarning rahbarlari 5 million pul bilan mukofotlandi.

Shundan so’ng kun tartibidagi masalalar birma-bir koʻrib chiqildi. TSNQB bosh mutaxassisi A.Paqirdinovning “OTMlar xalqaro reytingi boʻyicha maʼlumotlar”, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinovning “Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar”, Ilmiy boʻlim boshligʻi G.Mamatxoʻjayevaning “Institutda doktorlik dissertatsiyalar bajarilishi”, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.Abdullajonovning “Institut kafedralarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati”, bosh hisobchining “Institut va uning klinikasining moliyaviy faoliyati, 2022-yil uchun xarajatlar smetasini koʻrib chiqish va tasdiqlash” mavzularidagi hisobotlari tinglandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!