Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT AYOL-QIZLARI DOIMO EʼTIBORDA

22:43 11.11.2021

INSTITUT AYOL-QIZLARI DOIMO EʼTIBORDA

Andijon davlat tibbiyot institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan institut ayol xodimlari va talaba-qizlari ishtirokida xotin-qizlar oʻrtasida zoʻravonlik va oʻz joniga qasd qilishning oldini olish borasida ayollar yigʻilishi oʻtkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov, Xotin-qizlar boʻyicha maslahat kengashi raisi G.Xolmatova, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov ishtirok etdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reablitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati, oliy taʼlim muassasida ayol-qizlarni maʼnaviy, ruhiy, ijtimoiy, moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularni himoya qilish borasida tushuntirib oʻtildi.

Shuningdek, Prezidentimizning “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʻminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar va boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollar oliy taʼlim olishini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan joriy oʻquv yilidan toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy taʻlim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarning 100 nafarini viloyat hokimliklari hamda moliyaviy barqaror davlat oliy taʻlim muassasalari hisobidan oʻqitish tartibi joriy etildi. Shu munosabat bilan Andijon davlat tibbiyot institutining 17 nafar talaba-qizlarining shartnoma pullari viloyat hokimligi tomonidan qoplab berildi. Hozirda ana shunday qizlarning 50 nafariga institut tomonidan toʻlov-kontark pullarining qoplab berilishi ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.

Yigʻilishda yuqoridagi masalalar boʻyicha alohida toʻxtalib oʻtildi va ayol-qizlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!