
Joriy yilning 28-30-aprel kunlari Xitoy davlatining Fanchangan shahrida Xitoy-Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) doirasida “Xalqaro tibbiy innovatsiyalar va hamkorlik” (IMICF) VI forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
“Barqaror sog‘liqni saqlash uchun tibbiy innovatsiyalar va ularni birgalikda rivojlantirish” shiori ostida o‘tkazilgan forum yakunida “Fanchangan deklaratsiyasi” qabul qilingan edi.
Mazkur forum tibbiyot sohasidagi ilg‘or tajribalar almashinuvi uchun global platformaga, sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish uchun asosiy maydonga aylandi va insoniyat sog‘liqni saqlash hamjamiyatini shakllantirishga muhim hissa qo‘shdi.
Forumda ShHT a’zosi davlatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sug‘urtasi siyosati, dori vositalari va tibbiy buyumlar sotib olish mexanizmlari bo‘yicha faol munozaralar olib borildi. Bu esa mamlakatlar o‘rtasida tibbiy resurslarning samarali taqsimlanishini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Anvarovich Xudayarov boshchiligida forumda faol ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.A.Xudayarov forumda nutq so‘zladi. Delegatsiya tarkibida Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, ichki kasalliklar, kardiologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi professori X.Tursunov ham qatnashdi. Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan professor X.Tursunov «Внедрение механизмов государственного медицинского страхования в Республике Узбекистан» mavzusida ma’ruza qildi.