Joriy yilning iyun oyi davomida Andijon davlat tibbiyot institutining 24 nafar xodimi Rossiya Federatsiyasi Qozon Federal universitetida malaka oshirib qaytdi.
Ular bilan institut rektori M.Madazimov uchrashib, ustozlarning mavjud bilimlarini mustahkamlab, yangilarini o‘zlashtirish jarayonlari haqida suhbatlashdi. Professor-o‘qituvchilar tajriba va mahoratlarini oshirgan holda qator yangilik hamda natijalar bilan yurtimizga qaytganliklarini aytib o‘tdilar.
Institut rektori mazkur tibbiyotning qator yo‘nalishlariga oid yangiliklarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda yangicha yondashuvlardan foydalanish yuzasidan kerakli topshiriqlarni berdi.