![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2023/05/photo_2023-05-13_19-48-47-2.jpg)
Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari o‘rtasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan mini futbol sport turi bo‘yicha turnir musobaqalari o‘tkazildi.
3 kun davomida o‘tkazilgan musobaqalar yakunida saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘zaro bellashdilar.
Musobaqaning final bosqichi turnirning eng yaxshi o‘yinchilari va g‘olib jamoalarini aniqlab berdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinni institut xodimlari jamoasi;
2-o‘rinni Stomatologiya fakultet jamoasi
3-o‘rinni tyutorlar jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov ishtirok etib, ularni ushbu yutuq bilan tabrikladi. Jamoalar a’zolari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.