Bugun, 24-oktabr – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi hamda institut qoshidagi akademik litseydagi 72- va 94-saylov uchastkasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangragandan soʻng ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Mazkur saylov uchastkalariga biriktirilgan professor-oʻqituvchilar, talabalar va aholi Prezident saylovida faol ishtirok etmoqda.