Andijon davlat tibbiyot institutining Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan ayollar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Sport bilan salomatlik sari” shiori ostida musobaqa tashkil qilindi.
Unda Davolash hamda Pediatriya fakultetlarining ayol tyutorlaridan iborat jamoalar ishtirok etdilar. Jamoalar voleybol, arqon tortish va qiziqarli estafeta o‘yinlarida bellashdilar.
Qiziqarli va foydali tarzda o‘tgan musobaqa yakunida Pediatriya fakulteti jamoasi voleybol sport o‘yinida, Davolash fakulteti tyutorlari esa arqon tortish va qiziqarli estafeta bo‘yicha g‘olib bo‘ldilar. Musobaqa kubogini Davolash fakulteti jamoasi qo‘lga kiritdi.