alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA «FARZANDIMNING TAQDIRIGA BEFARQ EMASMAN» MAVZUSIDA UCHRASHUV TASHKIL QILINDI

17:04 19.04.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov va institut profilaktika inspektori J.Xo‘jayev ishtirokida Pediatriya fakulteti 3-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

«Farzandimning taqdiriga befarq emasman» mavzusida tashkil qilingan uchrashuvda so‘z olganlar tatalabalarning darslardagi ishtiroki, odob-axloqi, kiyinish madaniyati va institut ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari hamda bunga ota-onalar ham eʼtiborli bo‘lishlari muhimligi haqida so‘z yuritdilar. Institutda talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy ta’lim va tibbiyot texnologiyalarining mavjudligi yuzasidan ma’lumotlar berdilar.

Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida taʼlim muassasasi va ota-onalarning doimiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularning bandligini taʼminlash maqsadida turli fan to‘garaklari va qo‘shimcha mashg‘ulotlarga jalb qilish masalalari ham aytib o‘tildi. O‘z navbatida uchrashuv qatnashchilari ham farzandlari taqdiriga befarq emasliklari va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.

 

Yakunda aʼlo baholarga o‘quvchi, faol talabalarning ota-onalari institut rektorining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!