INSTITUTDA “KORRUPSIYA HALOKATGA YOʻL” MAVZUSIDA PROFILAKTIK SUHBATLAR TASHKIL ETILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “KORRUPSIYA HALOKATGA YOʻL” MAVZUSIDA PROFILAKTIK SUHBATLAR TASHKIL ETILDI

21:54 07.09.2023

Andijon davlat tibbiyot institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish borasida “Korrupsiya halokatga yoʻl” mavzusida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqa qonunbuzarliklarni oldini olish yuzasidan keng qamrovli maʼlumotlar hamda korrupsiya-taraqqiyot kushandasi ekanligi va unga qarshi kurashish barchaning vazifasi ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, talabalarga odob- axloq qoidalariga rioya qilish, kiyinish madaniyati, ta’lim sifatini yaxshilash, darslarda o‘z vaqtida ishtirok etish kabi masalalarda tushuntirish ishlari olib borildi.

Davra suhbati davomida korrupsiya qonunga zid ekanligi va uning oldini olish yuzasidan bir qator ishlarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Skip to content Click to listen highlighted text!