Xabaringiz bor, joriy yilning mart oyida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo’lib o‘tgan O‘zbekiston – Koreya rektorlari forumida Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Koreya milliy transport universiteti (KNUT) hamkorlikda tibbiyot sohasidagi ilk innovatsion loyiha bo‘lgan “Parameditsina” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi shartnomasini imzolagan edi.
Ushbu loyiha doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti vakillari joriy yilning 24-apreldan 3-mayga qadar “Tibbiyotda innovatsion simulyatsion ta’lim” loyihasi asosida Koreya milliy transport universitetida stajirovka o‘tamoqdalar.
Institutning delegatsiya a’zolari xalqaro doirada tashkil etilgan “Butunjahon tibbiy texnik markaz” konferensiyasida va tibbiy texnik anjomlar ko‘rgazmasida qatnashdilar. Konferensiyada ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov nuqt so‘zlab, hamkorlikda bajarilgan ishlar, O‘zbekistonda tibbiyot sohasida erishayotgan muvaffaqiyatlari haqida aytib o‘tdi.