Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZDA AYYOM SHUKUHI

13:17 31.08.2022

Istiqlolimizning 31 yillik bayrami yurtimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlanmoqda. Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi ham mazkur ayyomni o‘zgacha shukuh va quvonch bilan qarshi olmoqda.

 

Ilmiy kengashlar zalida o‘tkazilgan tadbirda ham ta’lim va tibbiyot sohasiga o‘z ilmiy ishlari va loyihalari bilan katta xissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi. Bayram tadbirida institut rektori M.Madazimov jamoaga o‘z tabrigini yo‘llab, 2021-2022-o‘quv yili davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar va amalga oshirilgan samarali ishlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov ham talabalarimiz va professor-o‘qituvchilarning muvaffaqiyatlari borasida ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida institut Kasaba uyushmasi tomonidan mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-innovatsion, davolash-profilaktika, ma’muriy-boshqaruv hamda texnik-xo‘jalik faoliyatida sitqidildan mehnat qilayotgan 101 nafar professor-o‘qituvchilar munosib taqdirlandi.

Shundan so‘ng tadbirga sho‘x kuy-qo‘shiqlar o‘zgacha fayz kiritdi. Barcha xodimlar mazza qilib raqsga tushdilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!