alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTNING BARCHA O‘QUV BINOLARIDA PSIXOLOG VA YOSHLAR UCHRASHUVLARI O‘TKAZILMOQDA

15:02 30.03.2023

Andijon davlat tibbiyot institutining 2-o‘quv binosidagi 1-va 2-ma’ruzalar zalida O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasining tajribali psixologlari bilan talabalar ishtirokida suhbat o‘tkazildi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, fakultet dekanlarining yoshlar masalasi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha o‘rinbosarlari, kafedraning malakali professor-o‘qituvchilari, psixologlar: M.Jalolova, A.Qodirov  va tyutorlar ishtirok etdilar.

Psixologlar talabalar bilan birgalikda psixologik o‘yinlar o‘ynagan holda ulardagi diqqatni jamlash, xotirani mustahkamlash qay darajada ekanligini sinovdan o‘tkazdilar. Temperament hamda xarakterlar haqida tushunchalar berdilar.

Shuningdek, tadbirda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida» gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan yangilik va oʻzgarishlar, yoshlar, ta’lim, insonlarning huquq hamda erkinliklariga alohida e’tibor berilganligi haqida ma’lumotlar berdilar. Talaba-yoshlar referendum hamda yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va mamlaktimizdagi muhim siyosiy jarayonga befarq emasliklarini bildirdilar.

 

 

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!