Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Andijon shahar IIO FMB JXX XPB boshlig‘i, mayor F.Ergashev, institut Pprofilaktika katta inspektori, mayor J.Xo‘jayev, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov va tyutorlar ishtirok etdi.
Mazkur yig‘lish davomida institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori, kapitan G.Abduvoxidova jamoaga tanishtirildi.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlar masalasi hamisha dolzarb ekanligi va bu ishda institut jamoasi hamjihatlikda faoliyat olib borishi muhimligi yuzasidan fikrlar bildirildi va G.Abduvoxidovaning faoliyati davomida muvafaqqiyatlar yor bo‘lishiga tilak bildirildi.
Shuningdek, talabalar bilan ham uchrashuv tashkil qilinib, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori tanishtirildi.