alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTNING XORIJLIK TALABALARI KATTA GULXAN ATROFIDA JAM BO‘LDILAR

23:47 05.05.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida  talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va madaniy hordiq olishlari uchun ko‘plab musobaqalar, kechki konsert dasturlari tashkil etib kelinmoqda. Bugun, 5-may kuni ham talabalar turar joyida xorijlik talabalar uchun badiiy-madaniy kecha tashkil qilindi.

Unda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov ishtirok etib, tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berib, barchaga yaxshi kayfiyat tiladi.  Shundan so‘ng, iqtidorli talabalar tomonidan kuylangan qo‘shiqlar barchani raqsga chorladi.

Ochiq osmon va qaynoq gulxan atrofidagi ushbu tadbir barchada katta taassurot qoldirdi. Xorijlik talabalar o‘zlarining milliy hamda zamonaviy qo‘shiqlarni kuylab, vatan sog‘inchini oz bo‘lsa-da kamaytirib, bo‘sh vaqtlarini maroqli tarzda o‘tkazdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!