![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2021/03/photo_2021-03-16_18-27-38-1.jpg)
Jalaquduq tumanidagi 33-umumta’lim maktabining 20 nafar o‘quvchilari institutimizga sayohat qildilar. Ularga ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Iqboljon Sattiiboyev institutimizda talabalarga yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Inkubatsiya va akseliratsiya markazi, axborot-resurs markazi va o‘quv xonalarida bo‘lgan o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislarimizdan kerakli javob oldilar.