Prezidentimiz raisligida “Mahallalarda aholi bandligini taʼminlash, daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan vazifalaridan kelib chiqib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning topshirig‘iga asosan, bugun, 20-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Andijon shahridagi “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Andijon davlat tibbiyot institutiga Andijon shahridagi “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12 ta aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarol biriktirilgan bo‘lib, mas’ullar tomonidan ularning yashash sharoitlari va muammolari doimiy tarzda o’rganib kelinmoqda.
Uchrashuvda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, daromadlarini oshirish singari dolzarb masalalar xususida so’z olib borildi. Ushbu mahallalarda mehnatga layoqatli, ishlash istagini bildirgan yoki tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha va boshqa masalalar xususida tushunchalar berildi.
Uchrashuv so‘nggida fuqarolar bilan yakka tartibda muloqot ham o‘tkazilib, ularga kambag‘allikdan chiqish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha imtiyozli kreditlardan foydalanish bo‘yicha muhim takliflar berildi. Aholi tomonidan tibbiy xizmatdan foydalanish, tabiiy gaz muammosi, abituriyentlarni fan to‘garaklariga qatnashishlari borasidagi murojaatlariga atroflicha javoblar va ularning yechimi bo‘yicha tavsiyalar berildi.