Andijon davlat tibbiyot institutining 6 nafar mutaxassislari bu gal Kegeyli tumanining 3-4-guruh nogironligi bor bemorlarning 84 nafarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar. Shuningdek, 2 nafar otorinoloringologik va 2 nafar bemorda plastik jarrohlik amaliyotlari olib borildi. Tuman shifoxonasi jarrohlariga esa «O‘tkir qorin sindromi» tashxisi bilan murojaat qilgan bemorlarni zamonaviy tekshirish va davolash standartlari bo‘yicha seminar ham o‘tkazildi.