Pediatriya, davolash fakultetlari, farmatsiya yoʻnalishida taxsil olayotgan talabalar bilan suhbat oʻtkazildi. Unda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleaks nazorat tizimini boshqarish” hamda ichki nazorat boʻlimi xodimlari ishtirok etdi.
Suhbat avvalida talabalarning darsdagi faolliklari oʻrganildi. Dars qoldirayotgan talabalar roʻyxati shakllantirilib, guruh rahbarlariga kerakli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Suhbat davomida institutda korrupsiya holatlariga murosasiz boʻlish, agar korrupsiya holatlari boʻlgudek boʻlsa, boʻlim rahbariga murojaat qilish, talabalar darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari, jinoyatchilik va salbiy illatlarga aralashib qolmasliklari alohida taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, jamoat joylari va institut binosida tibbiy niqob taqib yurish, gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish zarurligi bildirildi.