Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan 2-o‘quv binosida joylashgan kafedralardagi professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida umumprofilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida tashkil qilingan tadbirlarda fuqarolarimiz ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni muntazam ravishda shakllantirib borish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, ta’lim jarayonlarida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishda ta’lim muassasasi hamda ota-onalar hamkorligini yana-da, mustahkamlash masalalari haqida suhbatlashildi.
Tadbir ishtirokchilari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.