Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurash va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo’limi tomonidan fakultetlar dekanlari ishtirokida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini izchil davom ettirish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berish, ta’lim jarayonlarini yanada yaxshilash, talabalarning bilimlarini baholashda, o‘qishni ko’chirish yoki qayta tiklash jarayonlarida shaffoflikni, qonuniylikni ta’minlash kabi masalalar yig‘ilganlarga yetkazildi.
Yig‘ilish davomida yuqoridagi masalalar bo‘yicha yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qilinadigan ishlar belgilab olindi.