O‘zbek qizlarining hayosida bir go‘zallik bo‘lsa, yarashiqli liboslarida esa o‘zgacha chiroy bor. Andijon Davlat tibbiyot instituti qoshidagi tibbiyot litseyida “Liboslarda – qadriyat aksi” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda ADTI talabalari va litsey o‘quvchi qizlari ishtirokida sport, kundalik libos, o‘quvchi formasi, oqshom va milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi. Ayniqsa, sochi uzun sanamlarga barcha qizlarning havasi ortdi. Tanlovda qizlarning kiyinish odobi, o‘zini tuta bilish madaniyatiga rioya qilishlari e’tiborga olindi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.