alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

LINGUASKILL XALQARO TAN OLINGAN SERTIFIKATGA EGA BOʻLING!

15:40 04.03.2022

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligi tomonidan xalqaro Linguaskill test tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Agentlik, Buyuk Britaniyaning  Cambridge Assessment tashkilotining ingliz tilini bilish darajasini baholovchi  xalqaro tan olingan Linguaskill testini Oʻzbekistonda oʻtkazish imkonini beruvchi shartnoma va rasmiy ruxsatnomaga ega.

LinguaskillCambridge Assessment English – Cambridge University tashkiloti oilasiga kiruvchi ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi onlayn tizim hisoblanadi.

Linguaskill xalqaro test tizimi kimlar uchun?

  1. 14 yoshdan katta barcha xohlovchilar uchun;
  2. Magistratura va doktorantura bosqichiga oʻqishga kirmoqchi boʻlgan talabalar;
  3. Malaka oshirish kurslaridan ozod boʻlishni xohlovchi xorijiy til pedagog kadrlar;
  4. Oylik maoshiga ustama olishni xohlovchilar;
  5. Davlat tashkilotlariga ishga kirmoqchi boʻlgan xodimlar;
  6. Yuqori lavozimga tayinlanayotgan davlat tashkiloti xodimlari.

Linguaskill xalqaro tan olingan sertifikati nima uchun kerak?

  1. 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab, xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari tomonidan davlat attestatsiya imtihonlarini topshirish bilan bir qatorda ushbu taʼlim muassasalari hisobidan milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi xalqaro baholash tizimlari orqali ularning bilimlari darajasini aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
  2. 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi. Bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi;
  3. 2022-yildan boshlab davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talabgorga qoʻyiladigan majburiy malakaviy koʻnikma sifatida belgilanadi.

Linguaskill xalqaro tan olingan sertifikatining imtiyozlari.

  1. Taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlanadi;
  2. Xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha boʻgʻinlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qoʻshimcha ustama tashkilotlarning byudjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

Linguaskill xalqaro test tizimining afzalliklari:

– Test natijalari 48 soat ichida eʼlon qilinadi;

– Alohida koʻnikma boʻyicha qayta topshirish imkoniyati mavjud;

– Platformada roʻyxatdan oʻtish osonlashtirilgan;

– Barcha 4 koʻnikma uchun test jarayoni bir vaqtda amalga oshiriladi;

– Listening koʻnikmasida audiomateriallar 2 marta eshittiriladi;

– Test kunidan 1 kun oldin roʻyxatdan oʻtish imkoniyati mavjud;

– 4 asosiy koʻnikma natijalari batafsil tahlil qilinib yoʻlga qoʻygan kamchiliklari koʻrsatib oʻtiladi.

Linguaskill xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlmoqchi nomzodlar Andijon davlat tibbiyot instituti Xorijiy tillar kafedrasiga murojaat qilishlari mumkin.

Tel.:  97-997-94-47

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!